date

Google Translate’da kamera orqali tarjima qilish imkoni yaratildi

Google Translate’da kamera orqali tarjima qilish imkoni yaratildi

Google Translate’da ikki yangi funksiya – kamera kerakli so‘zga qaratilganda tarjima qilinishi hamda sinxron ovoz tarjima qilish yaratildi. Bu haqida kompaniya blogi\ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Kamera orqali tarjima qilish uchun uni kerakli yozuvga qaratish kifoya – so‘z avtomatik tarzda eski so‘z o‘rnida tarjima bo‘ladi. Bu yozuv bilan birgalikda joy ham muhim o‘rin egallaydigan vaqtlarda (shahar aylanganda) kerak bo‘ladi.

Funksiya Word Lens texnologiyasi asosida ishlaydi. Hozir Google Translate kamera orqali oltita til(rus, fransuz, nemis, ispan, portugal hamda italyan)ni tarjima qila oladi.

Sinxron ovozli tarjimondan foydalanish uchun oldindan tillarni tanlash kerak bo‘ladi. So‘ngra knopka bosilgach, ilova ikki suhbatdoshning so‘zlarini tinglaydi hamda qaysi tildan qaysi tilga tarjima qilish kerakligini aniqlaydi.

Google keyinchalik tarjima qilinadigan tillar sonini ko‘paytirishni rejalashtirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Google Translate’da kamera orqali tarjima qilish imkoni yaratildi