Foto: «Moi-portal.ru»
«Android» operatsion tizimida ishlovchi smartfonlarning o‘n millionlab egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar xavf ostida qoldi. «Cybernews» portali jami 69 millionta qurilmaga o‘rnatilgan potensial xavfli dasturlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. 22 aprel kuni chop etilgan materialning yangilangan talqiniga ko‘ra ro‘yxatga 101 ta dastur kiritilgan.
Ularning hammasi «Google Play Store» orqali tarqalgan. Bunda ishlab chiqaruvchilar guruhi begonalarning dasturlarini o‘g‘irlab yoki ko‘chirib olishgan va ularni o‘zaro muvofiqlashtirishgan. Dasturlarning xavfi shundaki, ishga tushirishdan oldin ular foydalanuvchilardan smartfonda saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlar va kameraga kirishga ruxsat berishni talab qilishadi.
«Cybernews» tadqiqotchilarining ta’kidlashicha, ro‘yxatdagi dastur foydalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar xavf ostida. Negaki, ishlab chiqaruvchilar kamera, mikrofon, fotosuratlar, elektron pochta, shuningdek, yetkazib berilgan manzillar va to‘lov ma’lumotlaridan o‘z maqsadlarida foydalanishi mumkin.
Ro‘yxatga turli mavzudagi ko‘plab dasturlar kiritilgan. Masalan, Minecraft o‘yini uchun modalar (Mod for Minecraft, Mods For Minecraft Animals 2019), metronom (Metronome And Tuner For Instrument), QR-kod uchun skanerlar (QR Code Scanner & Barcode Reader, Product Checker) va hokazo. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»