Foto: IXBT
iFixit kompaniyasi mutaxassislari ta’mirlashga bardoshliligi jihatida eng yaxshi smartfonlar reytingini e’lon qildi, deb xabar beradi IXBT.
Birinchi o‘rin Fairphone 3’ga nasib etdi. U iFixit tarixida maksimal bahoni olgan tarixdagi ikkinchi telefonga aylandi. Fairphone 3 o‘zidan oldingi ajdodidagi kabi modul konstruksiyasiga ega bo‘lib, ularni osonlik bilan almashtirish mumkin. Shuningdek, qurilmaga yechiluvchi akkumulator o‘rnatilgan, bu esa bugungi kunda juda kam uchraydi. Akkumulator va Fairphone 3 ekranini Phillips yoki Torx otvyortkalari yordamida yechib olish mumkin.
Ikkinchi o‘rin Germaniyaning Shiftpone kompaniyasi tomonidan yaratilgan Shift6m modeliga nasib etdi. Smartfon 10 balldan 9 ballni qo‘lga kiritgan bo‘lib, yechiluvchi akkumulatori, shuningdek, displeyi yelimsiz, faqatgina vint va qistirgichlar bilan joyiga qotirilgani uchun e’tirof etilgan.
Uchinchi o‘rindan esa 6 ball bilan o‘tgan yili ishlab chiqarilgan Google Pixel 3a joy oldi. Undan keyingi pog‘onada OnePlus 7T (5 ball) joylashgan. Mazkur smartfonlarni ta’mirlash oson emas, biroq ular baribir bu borada qolgan Android telefonlardan yaxshiroq.
Reytingning oxiridan Moto G va E o‘rin olgan bo‘lib, uning akkumulatori va boshqa qismlari oson yechiladi. Bundan tashqari, Motorola telefon qismlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi kam sonli mashhur ishlab chiqaruvchilardan hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi