06:30 / 18.06.2020
1 856

Pavel Durov Facebook va Instagram tarmoqlarini firibgarlikda ayblab chiqdi

Pavel Durov Facebook va Instagram tarmoqlarini firibgarlikda ayblab chiqdi
Telegram messenjeri egasi, rossiyalik milliarder Pavel Durov Facebook va Instagram'ni firibgarlik sxemalari orqali pul topishda ayblab chiqdi. U bu haqda o‘zining telegramm kanalida ma’lum qilgan. Durovning aytishicha, ushbu tarmoqlarda uning nomi bilan pul topishning bir nechta qing‘ir yo‘llari qo‘llanmoqda.

"Mazkur firibgarlik sxemalari Facebook moderatori tomonidan ma’qullanadi va ular reklama beruvchi degan rasmiy maqomga ega bo‘lib olib, odamlarni chalg‘itadi. Bunday sxemalar oqibatida pullarini yo‘qotganlar orasida keksa insonlar va pensionerlar ham bor", — deb yozadi u.

Bunday reklamalar foydalanuvchilarning ko‘p sonli shikoyatlari va noroziliklariga qaramasdan, bir yildan beri chiqib yotibdi. "Facebook'ning rus tilli moderatorlari tomonidan amalga oshirilayotgan siyosiy senzura tezligidan kelib chiqilsa, kompaniyada reklama e’lonlarini baholash bo‘yicha resurslar yetarli bo‘lishi kerak", deya ta’kidlaydi Durov.

Sukerbergning kompaniyasi hafta oxirigacha o‘z reklama platformasiga mas’uliyat bilan yondashmaydigan bo‘lsa, Pavel Durov sudga murojaat etishi mumkin.

Manba: Xs.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Pavel Durov Facebook va Instagram tarmoqlarini firibgarlikda ayblab chiqdi