Foto: Gsmarena
Realme kompaniyasi Redmi ortidan o‘zining 100 dollarlik hamyonbop smartoni — Realme C11 modelini taqdim etdi.
Yangi qurilmaga 1600x720 pikselli 6,5 dyuymga ega displey o‘rnatilgan. Barmoq izi skaneri na ekran osti va na korpusda joylashgan. Shuningdek, smartfonga USB-C emas, MicroUSB o‘rnatilgan. Akkumulator sig‘imi 5000 mA/soatga teng. Batareya nafaqat smartfonning o‘zini, balki MicroUSB orqali ulangan qurilmani ham quvvatlantira oladi.
Foto: Gsmarena
Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, energiya zaxirasi 31,9 soatga, video tomosha qilinganida esa 21,6 soatga yetadi.
Apparat Android 10 operatsion tizimida ishlaydi. Realme C11’ga MediaTek Helio G35 protsessori va 2 gigabayt tezkor xotira o‘rnatilgan. Ichki xotirasi esa 32 gigabaytga teng. Asosiy kameralar blokidan esa 13 va 2 megapikselli kameralar o‘rin olgan, frontal kamera 5 megapiksel.
Foto: Gsmarena
Avvalroq Xiaomi’ning eng hamyonbop telefonlari — Redmi 9A va Redmi 9C taqdim etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Malayziyada Redmi 9C 100 dollardan sotuvga chiqqan bo‘lsa, Redmi 9A 84 dollardan taklif etilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi