date

UMS «super optimal» tarifni ishga tushirdi

UMS «super optimal» tarifni ishga tushirdi

UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori yangi «Super Optima» tarif rejasini taqdim etdi. Uning oylik $8 abonent to‘loviga O‘zbekiston bo‘ylab 700 daqiqa bepul qo‘ng‘iroqlar va 350 megabayt mobil Interneti kiritilgan.

«Super Optima» abonentlar, ijtimoiy tarmoqlardagi UMS sahifalari ixlosmandlarining istak va takliflarini inobatga olingan xolda ishlab chiqildi. Shunday qilib, uyali aloqaning ko‘plab foydalanuvchilari kutgan tarif kompaniyaning o‘rta narxdagi segmentga kiruvchi va ommabop tariflari bo‘lgan «Optima» va «MaxiNew» qatoridan joy oldi.

O‘zbekiston bo‘ylab chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun ajratilgan 700 daqiqaning 350 daqiqasi tarmoq ichida foydalanishga, qolgan 350 daqiqasi esa boshqa mobil operatorlar va shahar telefon tarmoqlari raqamlariga qo‘ng‘iroqlarga mo‘ljallangan. Bunlan tashqari, tarif uchun «To‘ldirilganlik uchun bonus» aksiyasi amal qilmoqda – abonent hisobini bir martada $4 va undan ko‘proqqa to‘ldirganda, unga UMS tarmog‘i doirasida qo‘ng‘iroqlar uchun 7 kunga 400 daqiqa beriladi. «Super Optima» tarif rejasiga ulanish ham bepul – to‘langan boshlang‘ich to‘plam narxi to‘laligicha balansga tushadi.

— «Yanada yaxshiroq, yanada ko‘proq, yanada qulayroq! Shunchaki super!» — yangi tarifning bu slogani xayotda yuqori natijalarga intilayotgan faol insonlarga atalgan. Umid qilamizki, taklifimiz ularga talablarga mos haqiqiy omadga erishishga ko‘mak beradi, — deya, «Super Optima»ni yo‘lga qo‘yilganligi bo‘yicha izoh beradi Andrey Mamaev, UMSning Marketing va operatorlik biznesini rivojlantirish departamenti direktori.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » UMS «super optimal» tarifni ishga tushirdi