23:35 / 06.01.2021
2 845

2020 yilning eng kuchli smartfonlari nomi e’lon qilindi

2020 yilning eng kuchli smartfonlari nomi e’lon qilindi
AnTuTu benchmarki 2020 yilning so‘nggi oyi bo‘yicha eng kuchli smartfonlar reytingini taqdim etdi. Qiziq jihati, mazkur reytingdan dekabr oxirida taqdim etilgan yangi Xiaomi Mi 11 smartfoni ham o‘rin olgan. U Snapdragon 888 protsessorida ishlaydigan birinchi qurilmaga aylangan, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Shu bilan birga, Mi 11 raqiblarida juda ham o‘zib ketmagan — yangi Kirin 9000 protsessoriga ega Huawei flagmanlari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan. To‘liq ro‘yxat quyidagicha:

Xiaomi Mi 11 (Snapdragon 888) — 708 ming ball;
Huawei Mate 40 Pro + (Kirin 9000) — 702 ming ball;
Huawei Mate 40 Pro(Kirin 9000) — 686 ming ball;
Xiaomi Mi 10 Ultra (Snapdragon 865) — 667 ming ball;
Xiaomi Redmi K30S (Snapdragon 865) — 666 ming ball;
Vivo IQOO 5 (Snapdragon 865) — 665 ming ball;
Vivo IQOO 5 Pro (Snapdragon 865) — 664 ming ball;
Vivo X50 Pro+ (Snapdragon 865) — 663 ming ball;
Huawei Mate 40 (Kirin 9000E) — 654 ming ball;
Vivo IQOO Neo3 (Snapdragon 865) — 648 ming ball.

Ishlash samaradorligini baholashda nafaqat protsessor modeliga, balki boshqa ko‘plab jihatlari — tezkor xotira o‘lchami, energiya sarfi va tizim optimizatsiyasi hisobga olingan. Shu sababli bir xil protsessorga ega turli smartfonlar orasida farq turlicha bo‘lishi mumkin.

Reytingdan faqatgina tekshirilgan va ro‘yxatdan o‘tgan smartfonlar o‘rin olgan. Chunki AnTuTu benchmarkida ancha yuqori ko‘rsatkichlarga ega, biroq hali taqdim etilmagan smartfonlar ham bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 2020 yilning eng kuchli smartfonlari nomi e’lon qilindi