Foto: «Inc. Russia»
«Microsoft» asoschisi Bill Geyts nega «iPhone»dan emas, balki android-smartfonlardan ko‘proq foydalanishi sababini tushuntirdi.
Geytsning ta’kidlashicha, «Google» platformasiga qurilgan smartfonlar anchayin qulay. Masalan, iOSdan farqli o‘laroq, Android ekotizimida dasturiy ta’minot/operativ tizim munosabatlari ancha universal, ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etadi.
«Oxir-oqibat, bu aynan menbop tizim», — deya so‘zlarini izohladi Bill Geyts «CNBC» va «The New York Times» jurnalisti Endryu Ross Sorkin bilan «Clubhouse» orqali bo‘lgan suhbatda.
Geyts ba’zida «ayfon»dan ham foydalanib turishini inkor etmadi — bu shunchaki IT-bozorning so‘nggi tendensiyalaridan boxabar bo‘lib turish uchun. Shunisi ham borki, Bill Geyts intervyuni «Apple» smartfoni orqali berdi, chunki androidlar uchun «Clubhouse» hali chiqmagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi!
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda