1 953
Facebook Instagram’ning 13 yoshdan kichik bolalarga mo‘ljallangan versiyasini ishlab chiqadi
Foto: Lionel Bonaventure/AFP/Getty Images
Facebook Instagram’ning 13 yoshdan kichik bolalarga mo‘ljallangan versiyasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi BuzzFeed portali. Hozirda Instagram 13 yoshdan kichiklar uchun akkaunt ochishga ruxsat bermaydi.
Facebook vakilining aytishicha, Instagram’ning ushbu versiyasi Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi olti yoshdan o‘n ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan Messenger Kids ilovasiga o‘xshash bo‘ladi.
Avvalroq Instagram katta yoshli foydalanuvchilarning notanish o‘smirlarga xabar yozishini taqiqlashi haqida xabar qilingandi.
Unga muvofiq, katta yoshli foydalanuvchilar o‘zlariga obuna bo‘lgan yosh foydalanuvchilargagina shaxsiy xabar jo‘natishlari mumkin bo‘ladi.
Agar katta yoshli foydalanuvchi notanish o‘smirga xabar yozishga urinsa, unga shaxsiy xabari yetkazilmagani to‘g‘risida xabarnoma keladi.
Bundan tashqari, yosh foydalanuvchilar 18 yoshdan kichiklarga ko‘p marotaba do‘stlik taklifi jo‘natgan katta yoshlilar to‘g‘risida ogohlantiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi