2 763
Peterburglik yigit o‘zi yaratgan «quyoshmobil»da Xitoyga qadar borishni rejalashtirmoqda
Foto: «Temnaya FAZA»
Sankt-Peterburgda istiqomat qiluvchi Nikita Poddubnov ismli bloger qimmat yoqilg‘i talab etilmaydigan mashinani yaratishga qaror qildi. Natijada og‘irligi 150 kilogrammga yetadigan «Fazan» — qo‘lbola avtomobil paydo bo‘ldi va uning harakatlanishi uchun faqat quyosh energiyasi talab etiladi, deb xabar beradi Motor.
«Fazan» — 23 yoshli peterburglik yigitning birinchi avtomobil loyihasi va hatto birinchi elektrokari emas. Ikki yil oldin Nikita do‘stlari bilan «Moskvich»ni to‘liq «yashil» avtomobilga aylantirgan edi. Biroq mashina juda og‘ir bo‘lgan va harakatlanish uchun ko‘p energiya talab qilgan.
Poddubnovning yangi ixtirosida bu kabi kamchiliklar yo‘q: «Fazan»ning og‘irligi 150 kilogramm, batareyalarini quyoshga to‘g‘irlash uchun uni ko‘tarish va bir joydan ikkinchisiga siljitish oson. Avtomobil asosini baggining romi tashkil etadi. Muhandis yigit unga moped g‘ildiraklari va aluminiy profillardan payvandlangan kuzov karkasini kiygizgan. Yengil kuzov panellari aluminiyli kompozit listlardan qirqilgan.
Foto: «Temnaya FAZA»
Oyna va eshiklari yo‘q qo‘lbola mashina saloniga plastik o‘rindiq va velosiped ruli o‘rnatilgan. Avvaliga bloger o‘z ixtirosiga karting rulini o‘rnatgan, biroq u juda kichiklik qilgan — burish qiyin va boshqarishni murakkablashtirgan.
Muzqaymoq sotadigan mobil do‘konni yodga soladigan burchaksimon konstruksiyaga to‘rtta akkumulatorni quvvatlantiradigan uchta quyosh paneli o‘rnatilgan. Ularni to‘liq quvvatlantirish uchun Poddubnovning so‘zlariga ko‘ra, to‘qqiz soat kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng, «Fazan» soatiga 30 kilometr tezlikda olti soat harakatlana oladi. Quyosh charaqlab turgan havoda avtomobil batareyalarsiz ham harakatlana oladi.
Foto: «Temnaya FAZA»
Nikita Poddubnov yozga qadar «Fazan»ini takomillashtirib, uni to‘laqonli avtouyga aylantirish niyatida. Uzunligi ikki metr keladigan uxlash joyi tayyorlab qo‘yilgan: oyoqni yukxonaga uzatib, polning o‘zida yotish mumkin. Biroq hali qilinadigan ishlar ko‘p, bloger o‘z mashinasida Rossiyadan Xitoyga qadar borishni — 3 ming kilometrni bosib o‘tishni rejalashtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”