12:00 / 30.04.2021
1 786

«Fikrlarni o‘qishga» qodir naushnik yaratildi


Foto: Neurable
Neurable neyrotexnologik kompaniyasi foydalanuvchining diqqati pasayganda shovqin so‘ndirish funksiyasini kuchaytirish yoki mustaqil tanaffus qilish imkoniyatiga ega naushnikni taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Enten nomini olgan naushnik ispanchadan «tushunmoq» deya tarjima qilinadi.
Qurilma oddiy naushnik ko‘rinishida bo‘lib, unga foydalanuvchi miyasidagi neyronlarning elektr signallarini kuzatuvchi datchiklar o‘rnatilgan. U dasturiy ta’minot algoritmlaridan foydalanadigan dastur yordamida ishlab, konsentratsiya vaqtida yoki chalg‘igandagi miya to‘lqinlarini taniy oladi. Ishlash prinsipi mobil EKGniki kabi.

Agar tahlil vaqtida tizim foydalanuvchi tang holatdaligini aniqlasa, qurilma tinchlantiruvchi oq shovqinni yoqadi yoki hatto tanaffus qilishni tavsiya etadi.

Neurable bosh direktori va neyrobiologiya sohasidagi fan doktori Ramzes Alkaydning ma’lum qilishicha, «fikrlarni o‘qiy oladigan garnitura»ni yaratishga uni avtohalokatda oyog‘idan ayrilib, o‘rniga protez yasagan amakisi ilhomlantirgan.

Foto: Neurable
«Muhandislik ixtirochilari insonning mobilligi va uning holatini naqadar yaxshilashi mumkinligidan hayratda edim», — deydi Alkayd. Shuningdek, u insonlarning ko‘plab muammolarini «boshqaruv markazi» — miya bilan ishlash orqali hal etish mumkinligiga e’tibor qaratgan.

Kelajakda qurilma boshqa omillar, masalan, notinch o‘tirishi, suv ichishi va kulishi orqali insonning holatini aniqlay oladi. Ushbu ma’lumotlar asosida naushniklar pleylistga mustaqil musiqani tanlay oladi.
Hozirda naushnikni 279 dollarga buyurtma qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Fikrlarni o‘qishga» qodir naushnik yaratildi