19:19 / 13.05.2021
3 224

Xiaomi smartfonlari insonlar hayotini saqlab qolmoqda: ular 35 ta zilzila haqida ogohlantirgan


Foto: IXBT
Xiaomi kompaniyasi MIUI operatsion tizimi o‘rnatilgan smartfonlari Xitoydagi foydalanuvchilarni magnitudasi 4,0 va undan yuqori bo‘lgan 35 ta zilziladan o‘z vaqtida ogohlantirganini ma’lum qildi, deb yozadi IXBT.

Xiaomi smartfonlari oldindan ogohlantirish tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u foydalanuvchiga yaqinlashib kelayotgan tabiiy ofat haqida xabarnoma jo‘natadi. Shuningdek, kompaniyaning ma’lum qilishicha, ushbu funksiya 8 640 477 ta qurilmada ishlaydi, jumladan, smartfonlar va «aqlli» televizorlarda ham.

Xiaomi mazkur funksiyani 2019 yilda ishga tushirgan va o‘z foydalanuvchilariga bu kabi imkoniyatni taqdim etgan dunyodagi birinchi ishlab chiqaruvchiga aylangan edi. Tizim 500 kundan ortiq ishlaydi, zilzila bo‘lishini oldindan ogohlantirish borasidagi xabarlar butun mamlakatning 25 ta provinsiyasi bo‘ylab tarqatiladi.

Ogohlantirish radioto‘lqinlar zilziladan keyingi seysmik to‘lqinlardan tezroq uzatilishiga asoslangan prinsipida ishlaydi. Falokatli seysmik to‘lqinlar manziliga yetib kelguniga qadar foydalanuvchida zarbaga tayyorgarlik ko‘rish uchun bir necha soniya vaqt bo‘ladi. Bu esa qurbonlar sonining kamayishiga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi smartfonlari insonlar hayotini saqlab qolmoqda: ular 35 ta zilzila haqida ogohlantirgan