19:19 / 15.07.2021
3 558

Instagram va Facebook blogerlarga pul to‘lashni yo‘lga qo‘yadi


Facebook rahbari Mark Sukerberg blogerlar Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlarida pul ishlashlari uchun bonus dasturi ishga tushirilishini ma’lum qildi. Loyihaga bir milliard dollar ajratilgan, deb xabar bermoqda CNBC.

«Biz millionlab foydalanuvchilar uchun eng yaxshi platformalarni yaratmoqchimiz. Foydalanuvchilar pul topishlariga yordam berish uchun yangi dasturlarni ishlab chiqmoqdamiz. Biz Facebook va Instagram’dagi eng yaxshi kontent mualliflariga mukofot tariqasida bir milliard dollar ajratamiz», — dedi Sukerberg.

Amerikalik blogerlarga mo‘ljallangan dastlabki bonus dasturi Reels qisqa videolar servisi uchun kontentlar yaratgan mualliflarga pul beradi. Qayd etilishicha, kuzga borib Facebook-blogerlarga ham pul to‘lash boshlanadi.

Kompaniyadagilar to‘lovlar asosiy raqobatchi bo‘lgan TikTok servisi foydalanuvchilarini Instagram va Facebook tarmoqlariga og‘dirishga yordam beradi deb umid qilmoqda.

23 iyun kuni Instagram va Facebook Reels qisqa videolar servisini ishga tushirdi. Foydalanuvchilar Reels yordamida davomiyligi 30 soniyagacha bo‘lgan videolarni turli effektlar bilan post sifatida joylashtirishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Instagram va Facebook blogerlarga pul to‘lashni yo‘lga qo‘yadi