Foto: Reuters
Apple’ning mahsulot marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Greg Jozviak kompaniyaning yangi taqdimoti qachon o‘tkazilishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Apple o‘zining yangi qurilmalari taqdimotini 18 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da o‘tkazadi. Mish-mishlarga ko‘ra, tadbirda yangi MacBook namoyish etiladi.
«M-seriya protsessori bazasidagi yangi unumdor maxluqlarning vaqti keldi», — deb yozadi Twitter’dagi TechnicalGruji niki ostidagi bloger. Apple’ning translyatsiyasi davomida aynan qaysi qurilmalar taqdim etilishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Apple’ning bundan oldingi taqdimoti 14 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan va unda kompaniyaning bir nechta yangi mahsulotlari — iPad (2021), iPad mini 6, Apple Watch Series 7, iPhone 13, iPhone 13 mini, iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max taqdim etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi