18:43 / 16.10.2021
2 379

Yangi test natijalari: iPhone 13 Pro Max’ning quvvati uch kungacha yetadi

Yangi test natijalari: iPhone 13 Pro Max’ning quvvati uch kungacha yetadi
Foto: IXBT
iPhone 13 Pro Max qurilmasi Apple kompaniyasi tarixidagi avtonomligi eng yuqori smartfonga aylandi. Apparatga sig‘imi 4352 mA/soatli akkumulator o‘rnatilganiga qaramay, u sig‘imi 5000—6000 mA/soatga teng akkumulatorlari mavjud Android smartfonlardan ancha yaxshi ishlaydi, deb xabar beradi IXBT.

PhoneArena resursi tomonidan e’lon qilingan maqolada qayd etilishicha, iPhone 13 Pro Max’dan kundalik oddiy rejimda foylanilganida uning quvvati 3 kunga yetgan va quvvat darajasi 7 foiz qolgan. Bunda ekrandan kuniga uch soatga yaqin foydalanish nazarda tutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, dam olish kunlari quvvatlantirgichsiz safarga otlanilsa, energiya tejamkorligi rejimini yoqish kerak, u ekrandagi tasvirning maksimal yangilanish chastotasini 60 gersga qadar bloklaydi, bu esa akkumulator quvvatini yanada ko‘proq tejash imkonini beradi.

Test davomida iPhone 13 Pro Max’ning quvvati veb-sahifalarni uzluksiz 18 soat 52 daqiqa o‘qishga yetishi ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, bir marta to‘lgan quvvat bilan YouTube’da 10 soat 23 daqiqa video ko‘rish yoki 10 soat 29 daqiqa 3D-o‘yinlarni o‘ynash mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yangi test natijalari: iPhone 13 Pro Max’ning quvvati uch kungacha yetadi