15:47 / 23.10.2021
2 010

Apple rekordini to‘qqizinchi yilga ham olib o‘tdi

Apple rekordini to‘qqizinchi yilga ham olib o‘tdi
Foto: «Youth Are Awesome»
Apple brendi, to‘qqizinchi yildirki, eng qimmatligicha qolmoqda, «Interbrand Corp» 2021 yil uchun o‘tkazgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqda. Brend o‘tgan yildan beri 26 foizga qimmatlashdi — $408,25 mlrd.

Ikkinchi o‘rinda — Amazon brendi (+24 foiz, $249,25 mlrd.), uchinchi — Microsoft (+27 foiz, $210,2 mlrd.), to‘rtinchi — Google (+19 foiz, $196,8 mlrd.).

Top-10 ro‘yxatidagi qolgan brendlar ham o‘z o‘rnini yo‘qotmadi:
Samsung (+20 foiz, $74,635 mlrd.)
Coca-Cola (+1 foiz, $57,488 mlrd.)
Toyota (+5 foiz, $54,107 mlrd.)
Mercedes-Benz (+3 foiz, $50,866 mlrd.)
McDonald's (+7 foiz, $45,885 mlrd.)
Disney (+8 foiz, $44,183 mlrd.).
2020 yilga nisbatan eng qimmatlagan brend — Tesla (+184 foiz, $36,27 mlrd.) 26-o‘rindan 14-pog‘onaga sakradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple rekordini to‘qqizinchi yilga ham olib o‘tdi