Zanjabil chindan ham foydalimi?

1 daqiqa o'qish612
Zanjabil chindan ham foydalimi?
Zanjabil chindan ham foydalimi?
 Foto: “Noviy ochag”
 

C vitamining koni bo‘lgan zanjabil, eng yaxshi tabiiy antioksidantlardan biri hisoblanadi. Ushbu mahsulot organizmda yallig‘lanishni oldini oladi, qarish jarayonini sekinlashtiradi, terini ichkaridan namlantiradi va uni quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi, immunitetni mustahkamlaydi.

Kasallikka chalinish ehtimoli yuqori bo‘lgani sabab ham mazkur mahsulot sovuq kunlarda har doimgidan dolzarbroq hisoblanadi. Zanjabil organizmni virus va kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalardan himoya qiladi, immunoglobulin ishlab chiqarilishini yaxshilaydi, ildizidagi gingerol esa antibakterial xususiyatga ega.

Zanjabil ildizidagi faol moddalar organizmni turli shlak va toksinlardan tozalaydi hamda hazm jarayonini yaxshilaydi. U oshqozon suyuqligini ishlab chiqarilishiga ta’sir qilgani sabab ham ovqat hazmida muammo bo‘lmaydi. Shuning uchun shifokorlar Yangi yil dasturxonida zanjabildan tayyorlangan ichimlik va shirinliklar o‘rin olishi kerakligini ta’kidlaydi.

Zanjabil chindan ham foydalimi?
Foto: “Noviy ochag”
 

Qolaversa, yurak qon-tomir kasalliklari uchun ham samarali. Sizda yurak bilan bog‘liq shikoyat bo‘lmagan taqdirda ham profilaktika sifatida iste’mol qilishingiz kerak. Tarkibidagi faol moddalar qonni suyultiradi, arterial qon bosimni me’yorlashtiradi.

Uning ildizi organizmning deyarli barcha a’zolari to‘g‘ri ishlashi uchun muhim bo‘lgan kaliyning koni. Suvsizlanish xavfini bartaraf etadi, mushaklar spazmida yordam beradi, miyani kislorod bilan ta’minlagani sabab, xotira va diqqat yaxshilanadi.

Zanjabilni istalgan holda yeyish mumkin, lekin mutaxassislar marinadlanganini iloji boricha iste’mol qilmaslikni tavsiya etadi. Marinadlangan zanjabil tarkibida zararli qo‘shimcha va krasitellar bo‘lgani sabab o‘zining foydalilik xususiyatlarining yarmidan ko‘pini yo‘qotadi. Uning ildizini barra yoki quritilgan holda issiq taom, salat, kofe va choyga qo‘shib iste’mol qiling.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?