Foto: Wday
Qadimdan insonlar turli o‘simliklar, go‘sht va suyak mahsulotlaridan damlamalar, dorivor sho‘rvalar tayyorlab kelgan. Ulardan eng foydali va immunitetni mustahkamlaydigani bu, albatta, suyakdan tayyorlangan sho‘rvadir. Obdon qaynatiladigan bunday taom zamonaviy tilda “superfud” deb atalmoqda.
Suyak sho‘rva salomatlik uchun bir qator afzalliklarga ega. Ushbu taom buyraklar faoliyati va ovqat hazm qilish tizimini mustahkamlash uchun qadimda faol qo‘llangan. Uni tayyorlash uzoq vaqtni olsa-da, juda oson. Buning uchun bizga kerak bo‘ladi:
- Suyak — 600 g;
- Sabzi — 1 ta;
- Tuz, ziravorlar, limon sharbati — ta’bga ko‘ra.
Suyaklarni 2-5 daqiqa davomida qaynating, keyin suvini to‘kib tashlab, suyaklarni yuving. So‘ng toza filtrlangan suv solib, kamida 12 soat past olovda qaynating. Sho‘rva pishishiga 1-2 soat qolganda boshqa sabzavotlar va ziravorlar solish mumkin. taomga solingan limon bo‘laklari uni yanada xushta’m qiladi.
Foto: Fitness-beauty
Suyakli sho‘rvaning qanday foydali xususiyatlari mavjud?
- Tananing oqsil tuzilmalarini va bo‘g‘imlarni mustahkamlash;
- Oshqozon-ichak tizimini tiklash va davolash;
- Teri, soch, tirnoqni mustahkamlash;
- Metabolizmni tezlashtirish;
- Asab tizimini tiklash;
- Suyak to‘qimalarining sifatini yaxshilash.
Mol suyaklaridan tayyorlangan sho‘rva to‘yimli va kuchli bo‘lib, organizmda temir tanqisligi, og‘ir jismoniy zo‘riqishlardan keyin tiklanish uchun ayni muddao. Ammo oqsil va yog‘ almashinuvining buzilishi, ateroskleroz, yuqori xolesterin va buyrak kasalliklarida qo‘llashda shifokor bilan maslahatlashish zarur. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi