Inson tashqi ko‘rinishiga qarab uning ichki organlari holatini baholash mumkin. Muntazam stress, yomon odatlar va sog‘liq bilan turli muammolar terida aks etadi. Agar siz to‘satdan ko‘zingiz oq qismida sariqlikni sezsangiz, shifokorga ko‘rinish lozim. Quyida ko‘z sariqligi nimani anglatishi haqida ma’lumot beramiz.
Foto: Wday
Avvalo, jigar faoliyatining buzilishi bilirubin moddasining qonga ko‘proq tarqalishiga olib keladi, natijada teri va ko‘zlar sarg‘ayadi. Shuningdek, jigar bilan bog‘liq muammolar nosog‘lom turmush tarzi, noto‘g‘ri ovqatlanish yoki parazitlar bilan zararlanish tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Onkologik kasalliklarda ham ko‘zlar sarg‘ayadi, qizaradi, tez-tez yoshlanadi.
Kompyuterda uzoq vaqt ishlash, uyqusizlik, xonadagi noto‘g‘ri va yetarli bo‘lmagan yorug‘lik kabi omillar ham ko‘zlar sarg‘ayishiga sabab bo‘ladi.
Foto: Healthdigest
Ko‘zdagi sarg‘ishlik sababini aniqlash uchun shifokor oftalmolog ko‘rigidan o‘tish bilan birga turli analizlar ham topshirishni talab etadi. Chunki bunday hodisa nima bilan bog‘liqligini aniqlash uchun oddiy ko‘rikning o‘zi yetarli emas.
Ko‘zning oqi sarg‘ayganda nima qilish lozim?
Ko‘z sarg‘ayishining oldini olish uchun umumiy salomatligingiz haqida qayg‘uring. Buning uchun jigarga salbiy ta’sir qiladigan yukni kamaytirish kerak:
- chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni to‘xtatish;
- un mahsulotlarini cheklash;
- sho‘r va achchiq taomlarni yemaslik;
- tez-tez ochiq havoda sayr qilish;
- kompyuterda ishlash vaqtida har 20 daqiqada dam olish va ko‘z mashqlarini bajarish;
- yetarlicha uxlash lozim.
Ko‘zlar — salomatlik va baxtli hayot uchun muhim bo‘lgan organ. E’tiborsiz qoldirilgan alomatlar va beparvolik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy: «Putin juda sezgir...»
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?