Allergiya tufayli oqishi va shamollash quloqlar salomatligiga ta'sir qiladi. Agar vaqtida kerakli choralar koʻrilsa, ushbu yoqimsiz holatni qisqa vaqt ichida yoʻq qilish mumkin. Bugun shamollash vaqtida quloqlar bitib qolganda qanday yordam koʻrsatish haqida ma'lumot beramiz.
OʻRVI paytida quloq bitishining asosiy sabablari
Oʻzimizga birinchi yordam berish va quloqlarni davolashdan avval nima uchun shamollash quloqlarga ta'sir qilishi haqida tushunchaga ega boʻlish kerak. Burun boʻshligʻi va sinuslar (sinuslar — koʻz va burun atrofi va bosh suyagi old qismi ichidagi boʻshliqlar)da yalligʻlanish bor yoki yoʻqligini bilish lozim. Chunki bu sohadagi shamollashlar eshitish naychasiga ta'sir qiladi. Bunda uning devorlari torayadi va quloq bitish hissi paydo boʻladi.
Agar oʻz vaqtida davolanmasa, eshitish naychasining yalligʻlanishi eshitish qobiliyatining qisman yoki toʻliq yoʻqolishiga olib kelishi mumkin.
Shamollaganda burun bitsa: birinchi yordam qanday koʻrsatiladi?
Xalq tabobatida quloq bitishidan vaqtinchalik xalos etadigan bir nechta usullar mavjud:
Avvalo burunni shunchaki qoqish orqali ortiqcha suyuqlikdan burun boʻshligʻini tozalang va tuzli eritma bilan chaying. Agar shundan keyin ham quloq bitishi ketmasa, burun yoʻllarini bunday usulda tozalashni vaqtinchalik toʻxtating va uning oʻrniga qon tomirlarini toraytiruvchi maxsus burun spreyi va tomchilardan foydalaning.
Massaj: quloq va burunni 15 daqiqa davomida massaj qiling, bunda quloq rakovinasi va burunning ikki chetiga alohida e'tibor bering.
Shamollash tufayli bitib qolgan quloqlarni tibbiy preparatlar yordamida davolash
Agar quloqlaringiz burun oqishi tufayli bitib qolganda yuqoridagi usullar yordam bermasa, dori vositalaridan foydalanishga oʻtish mumkin.
Burunga shifokor retseptisiz beriladigan tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni tomizish: Bu usul burun yoʻllari va sinuslardagi shishlarni kamaytiradi va natijada eshitish naychasiga keladigan bosim yoʻqoladi. Bu esa sinus boʻshligʻidagi oʻtkazuvchanlikning yaxshilanishiga zamin yaratadi. Ammo bunday usul vaqtinchalik yengillik berib, shifokor tomonidan belgilanadigan davolanish muolajasining oʻrnini bosa olmaydi.
Quloqda yalligʻlanish va shishishni kamaytiradigan, mikroblarga qarshi ta'sirga ega boʻlgan maxsus tomchilardan foydalanish mumkin.
Spirtli kompress yordamida quloqni isitish — bir necha qatlam buklangan doka boʻlagini iliq spirt bilan namlab, uni quloq ustiga qoʻyish va ustidan mato bilan oʻrab, bir necha soatga qoldirish mumkin.
Yuqoridagi tavsiyalar tez tibbiy yordam yoki shifokor koʻrigiga qadar qilinishi mumkin boʻlgan birinchi yordamdir. Ularning hech qaysi biri toʻliq davolanish kursining oʻrnini bosa olmaydi. Har qanday burun bitish holatida otolaringologga tashrif buyurishni unutmang. Jiddiy asoratlarning oldini olish oʻz zimmamizdadir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar