
Farzand ko‘rishni niyat qilgan ayollar uchun homiladorlik davrida tanada kechadigan jarayonlarni oldindan bilib olish muhim hisoblanadi. Ayniqsa, homiladorlik boshlangan dastlabki kunlardagi holatlar, akusherlik va embrional muddatlar orasidagi farqlarni anglash foydalidir.
Tibbiy tajribada homiladorlik muddati so‘nggi hayz ko‘rilgan kundan boshlab hisoblanadi. Bunga sabab — ovulyatsiya boshlangan aniq kunni aniqlash mushkul bo‘lishidir. Shuning uchun homiladorlikning 1-haftasi odatda nazariy hisoblanadi — bu paytda organizm hali homilador emas, ammo homiladorlikka tayyorlana boshlaydi.
Ovulyatsiya odatda ayol siklining 12–14-kunlarida sodir bo‘ladi. Yetilgan tuxumhujayra urug‘lanishga tayyor holda follikuladan chiqadi. Biroq har bir ayol organizmi o‘ziga xos bo‘lgani uchun, ovulyatsiya ayrim hollarda 7–8 yoki hatto 20–21 kunlarda ham ro‘y berishi mumkin.
Shu boisdan homiladorlikning birinchi haftasi eng noaniq, lekin eng muhim davrlardan biri hisoblanadi. Bu vaqt ichida ayol organizmi fiziologik jihatdan homiladorlikka tayyor bo‘ladi, ammo homila hali shakllanmagan bo‘ladi.
Shuningdek, bo‘lajak onalar ushbu davrda o‘z sog‘lig‘i va bo‘lajak farzandining salomatligi uchun zararli odatlarni tark etish, muhim vitamin va ovqatlanish tartibiga e’tibor berishi kerak. Bu — sog‘lom homiladorlik sari birinchi qadamdir.
Manba: homiladorlik.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.