
Homiladorlikning 2-haftasida ayolda hech qanday sezilarli alomatlar bo‘lmasligi mumkin, chunki bu davrda homila hali shakllanmagan bo‘ladi. Boshqacha aytganda, bu – faqatgina homiladorlikka tayyorlanish davridir. Odatda, bu vaqt ovulyatsiya boshlangan davrga to‘g‘ri keladi, ва faqatgina qulay sharoitlar homiladorlikni keltirib chiqarishi mumkin.

Homiladorlikning ikkinchi haftasida tuxumhujayra o‘z yo‘lini boshlaydi. Tuxumhujayra, ayol organizmida tuxumdonda pufakchada joylashgan bo‘lib, rivojlanayotgan follikulada suyuqlik to‘planadi. Ushbu pufakcha “follikula” deb ataladi ва keyinchalik tuxumhujayra follikuladan chiqib, qorin bo‘shlig‘iga tushadi — bu jarayon ovulyatsiya deb ataladi.
Agar ayol jinsiy aloqada bo‘lsa, spermatozoidlar tuxumhujayrani urug‘lantirishga tayyor bo‘ladi. Bu jarayonning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun, ginekologlar ba‘zi pozitsiyalarni tavsiya qilishadi, masalan, missionerlik pozitsiyasi yoki tizza-tirsak holatida.
2-haftada bo‘lajak onada hech qanday sezgilar bo‘lmasligi tabiiy hisoblanadi, chunki bu faqat ovulyatsiya jarayonidir. Homiladorlikning boshlanishi haqidagi aniq alomatlar эса bir necha haftadan кейин kuzatiladi.
Manba: homiladorlik.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.