Olimlar koronavirusning Buyuk Britaniyada qanday tarqalayotganini aniqlash uchun yuqtirgan bemorlarning individual namunalaridan genetik kodini tahlil qilishmoqda. Genetik material namunasi infeksiyalar zanjirida yana bir qadam - kimlar yuqtirganligini ochib beradi. Liverpul universiteti olimlari bemorlarning tomoqdagi qichishishlarida boshqa viruslar va bakteriyalarni ham aniqlashmoqda. Va bu ba’zi bemorlarning jiddiy kasallikka duchor bo‘lishlarini tushuntirishga yordam beradi.
"Kimlar kasallikka chalinayotgani, ular kasallikni qanday yuqtirib olayotgani, insonda mavjud boshqa kasalliklarning virusga ta’siri va immunitetning virusdan himoyalanishdagi ahamiyati qanday?" tadqiqotchilar shu kabi savollarga javob qidirib izlanishlar olib bormoqda, deydi BBC Newsga bosh tergovchi Prof Kalum Semple.
Shunga o‘xshash yondashuv 2015 yilda G‘arbiy Afrikada Ebola virusi tarqalishini kuzatishda ishlatilgan.
Liverpul universiteti professori Tom Sulaymon, muxbirlar bilan suhbatda shunday dedi: "Bizda ba’zi bemorlar bor, ular virusni qanday yuqtirishgani haqida bilmaymiz, lekin ularning genetik materiallarini ko‘rib chiqish va taqqoslash orqali, virus tarqalishini uzoq muddat davom etishini oldini olish mumkin".
Liverpul universitetida maxsus jamoaga Edinburg, Oksford, Bristol va Glazgo singari boshqa bir qator universitetlarning olimlari jalb qilingan. Izlanishlar ular koronavirusning RNK sini aniqlashlari mumkinligini ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”