14:57 / 09.01.2018
21 482
---

Jigarni tozalovchi eng foydali mahsulot qaysi?

Jigarni tozalovchi eng foydali mahsulot qaysi?
Amerikaning Yels universiteti olimlari qovoq jigar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, uni tozalashi haqida ma’lum qildilar. Tadqiqotchilar ushbu mahsulotni nafaqat taomlar tarkibida, balki bir o’zini alohida ham iste’mol qilish kerakligni tavsiya etishgan.

Xabarda aytilishicha, jigar faoliyatiga doir buzilishlardan aziyat chekuvchi insonlar qovoq va zaytun yog’idan tayyorlangan yangi salatlardan tez-tez iste’mol qilib turishlari lozim. Mahsulot tong chog’i iste’mol qilinsa nur ustiga a’lo nur.

Och qoringa tong payti tanovul qilingan qovoq ovqat hazm qilish tizimi bilan bog’liq bo’lgan muammolardan qutulish uchun yordam beradi. Gaz pechida pishirilgani esa tarkibidagi foydali vitaminlar va glyukozani yo’qotmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)