15:39 / 06.10.2018
8 862

Bosh ogʻrigʻining 10 ta asosiy sabablari

Bosh ogʻrigʻining 10 ta asosiy sabablari
Bosh ogʻrishi deyarli har birimizda uchraydigan holat. Baʼzida u bizni ishdan qoldiradi, baʼzida asabiylashishimizga sabab boʻladi, baʼzida esa charchatib qoʻyadi. Bosh ogʻrigʻining 10 asosiy sababi quyidagilardan iborat:

1. Stress
Baʼzida stress, koʻp ishlash va asabiylashish bosh ogʻrigʻiga olib kelishi mumkin.

2. Ob-havo va undagi oʻzgarishlar
Havo haroratining oʻzgarishi, quyosh nurlarining yetishmasligi va atmosfera bosimining oʻzgarishi, asab tizimiga salbiy taʼsir etishi mumkin.

3. Gormonlar oʻynashi
Bu koʻproq ayollarga tegishli boʻlgan holat boʻlib, ovulyatsiya davrida gormonlar balansi buzulganligi natijasida roʻy beradi.

4. Alkogol ichimliklar
Alkogol ichimliklar, ayniqsa qizil vino “boshga uradi”.

5. Ochlik
Uzoq vaqt davomida och boʻlib qolish, organizmda toksinlarni koʻpayishiga olib keladi, bu esa bosh ogʻrigʻini yuzaga keltiradi.

6. Uyqusizlik yoki aksincha, koʻp uxlash
Uyqusizlik ham koʻp uxlash kabi bosh ogʻrigʻini keltirishi mumkin.

7. Mushaklarning zoʻriqishi
Uzoq vaqt davomida noqulay holatda boʻyinni ushlash (masalan kompyuter oldida) yoki boshqa mushaklarga zoʻriqish beradigan holatda boʻlish bosh ogʻriqni keltiradi.

8. Koʻzning toliqishi
Koʻz asablarining zoʻriqishi (televizor koʻrish, sifatsiz video koʻrish va hokazo) bosh ogʻriqni yuzaga keltirishi mumkin.

9. Oʻtkir hidlar
Kosmetika, atir, kir yuvish vositalari asab tizimini kuchli qoʻzgʻatadi.

10. Boshqa sabablar
Undan tashqari bosh ogʻriq 50 dan ortiq kasallik alomati boʻlishi ham mumkin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bosh ogʻrigʻining 10 ta asosiy sabablari