Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti mutaxassislari tomonidan umurtqa shikastlanishlari va kasalliklarini davolashda qoʻllaniladigan qurilma yaratdilar.
Qurilma umumiy oʻq boʻylab harakatlana oladigan qilib ulangan ikkita tayanchdan tashkil topgan boʻlib, tishlar bilan taʼminlangan. Har bir tayanch uchi tashqi tomondan P-simon plastina bilan bikr ulangan, tayanchlardan biri rezbali sterjen koʻrinishida bajarilgan va fiksatsiyalovchi gayka bilan taʼminlangan, ikkinchi tayanch ichki oʻq boʻylab rezbali kovak silindr koʻrinishiga ega, bunda tishlar P-simon plastinalarning tashqi yuzasida bajarilgan, ichi boʻsh tayanchda esa oʻrnatish kaliti uchun kesik bajarilgan.
Mualliflar Shohaydar Shotursunov, Sanjar Qoʻchqortoyev, Rustam Musayev, Komil Qoraqulov va Suhrob Soliyevga ushbu qurilma uchun foydali model patenti berildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi