UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan Chevrolet Cobalt avtomobillarining ba'zi komplektatsiyalari savdodan olib tashlanib, faqat eng qimmat komplektatsiya — Cobalt Midnight savdoga chiqarilishi e'lon qilindi. Bu esa kompaniyaning narxlarni yashirin oshirayotgani haqidagi muhokamalarga sabab boʻldi.
16-yanvar kuni savdoga chiqariladigan Midnight versiyasining narxi 155 231 000 soʻm qilib belgilangan. Solishtirish uchun avvalgi komplektatsiyalar narxlari quyidagicha:
- Cobalt GS-Style Plus MT – 125 210 000 soʻm. Ushbu model mexanik uzatmalar qutisi, yengil qotishma disklar, lekin oddiyroq interer bilan ajralib turar edi. Hozirgi kunda bu komplektatsiya savdodan chiqarilgan.
- Cobalt GX-Style Plus AT – 147 916 000 soʻm. Ushbu model avtomat uzatmalar qutisi, yangi dizayndagi yengil qotishma disklar, xrom bezakli radiator panjarasi va tonirovka qilingan oynalar bilan jihozlangan edi. Lekin bu model ham savdoga qoʻyilmasligi ma'lum qilindi.
Savdo faqat eng qimmat va restayling qilingan Midnight versiyasiga qaratilib, bu esa foydalanuvchilar orasida narxlarni oshirishga oid savollarni keltirib chiqarmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Cobalt uchun 16-yanvardan shartnoma olish mumkin
Quyosh panellari bilan jihozlangan Cybertruck taqdim etildi
Chevrolet mashhur Camaro modelini qaytadan ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Tesla Model Y yangilangan dizayni: muxlislar oʻrtasida ziddiyatli fikrlar
Hyundai Inster Cross: benzisiz harakat qiladigan yangi krossover savdoda!
Tesla ilk bor ikki FSD versiyasini bir yangilanishda taqdim etdi