02:06 / 08.02.2025
0

Xiaomi SU7 Ultra: 10 000 dona superkar sotish rejalashtirilmoqda

Xiaomi SU7 Ultra: 10 000 dona superkar sotish rejalashtirilmoqda
Xiaomi kompaniyasi o‘zining Xiaomi SU7 Ultra elektr superkarini sotuvga chiqarmoqda. Avvalroq mart oyida chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, endi fevral oxirigacha sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Asosiy xususiyatlar:
🔹 Narxi: 814 900 yuan ($114 200)
🔹 Maksimal tezlik: 350 km/soat
🔹 0-100 km/soat tezlanish: 1,98 soniya
🔹 3 ta elektromotor, jami 1 548 ot kuchi

Xiaomi allaqachon 3 680 oldindan buyurtma olgan. Kompaniya rahbari Ley Szyun bu yil 10 000 dona Xiaomi SU7 Ultra sotish maqsadini qo‘ygan. Agar bu rejalar amalga oshsa, Xiaomi jahon avtomobil bozorida kuchli brendga aylanishga bir qadam yaqinlashadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto