Xitoyda uchuvchi avtomobillar ommaviy ishlab chiqariladi

1 daqiqa o'qish5.7K
Xitoyda uchuvchi avtomobillar ommaviy ishlab chiqariladi
Xitoyning XPeng kompaniyasi 2026-yilda dunyodagi ilk ommaviy uchuvchi avtomobillarni ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda, deb Xinhua agentligi xabar berdi.

Kompaniya bosh direktori Xe Syaopenning so‘zlariga ko‘ra, XPeng bu rejani Xitoyda past balandlikda parvoz qiluvchi transport vositalari bozorining rivojlanishi va hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi fonida amalga oshirishni mo‘ljallamoqda. Agar barcha ishlar rejalashtirilgan tartibda davom etsa, XPeng dunyoda birinchi bo‘lib uchuvchi avtomobillarni ommaviy ishlab chiqaruvchi kompaniyaga aylanadi.

Xitoyning 2025-yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasiga ko‘ra, mamlakatda past balandlikda parvoz qiluvchi transport vositalarining qo‘llanilishini kengaytirish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, xavfsizlik choralarini kuchaytirish va xavflarni bartaraf etish bo‘yicha ham ish olib boriladi.

XPeng vakillarining ma’lum qilishicha, 2024-yil oxirida kompaniya uchuvchi avtomobillar ishlab chiqarish zavodining qurilishini 2025-yilning uchinchi choragida yakunlashni rejalashtirgan. Shuningdek, XPeng Aeroht modulli avtomobilining oldindan sotuvlarini 2024-yil oxirida boshlash mo‘ljallanmoqda. Ushbu avtomobil bagajidan uchuvchi qurilma chiqib, ikki kishini havoga ko‘tarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mazkur avtomobilning dastlabki narxi 1-2 million yuan (taxminan 138-276 ming AQSh dollari) atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Dastlab u Xitoy bozorida sotuvga chiqarilib, keyinchalik xalqaro bozorga ham yetkazilishi rejalashtirilgan. Kompaniya xaridorlarga yetkazib berishni 2025-yilning to‘rtinchi choragida boshlashni maqsad qilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?