Toyota yangi sirli pikapini namoyish etdi

1 daqiqa o'qish1.3K
Toyota yangi sirli pikapini namoyish etdi
Toyota Belgiyada oʻtkazilgan tadbirda yangi yuk mashinasi siluetini aks ettirgan tizerni namoyish etdi. Tadbirda bZ4X, C-HR+ va Lexus RZ modellarining premyerasi boʻlib oʻtdi. Tizerda koʻrsatilgan pikap kelajakdagi elektr Hilux bilan bogʻliq emasligi taxmin qilinmoqda.

Toyota 2026-yilgacha Yevropada oltita yangi elektr avtomobilini taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Tizerdagi pikap ikki qatorli kabinaga ega boʻlib, bu uni 2023-yilda namoyish qilingan elektr Hilux prototipidan farqlaydi. Bunday Hilux modeli Taylandda ishlab chiqariladi, chunki u yerda yonilgʻi bilan ishlovchi pikaplar Toyota savdolarining yarmidan koʻpini tashkil qiladi. Bundan tashqari, tizerdagi siluet Avstraliyada sinovdan oʻtkazilayotgan elektr Hilux bilan ham oʻxshash emas.

Shu bilan birga, pikap silueti Toyota EPU Concept 2023 dizayniga juda oʻxshash. U oʻz oʻlchamlari bilan Ford Maverick’ga yaqin boʻlgan oʻrta oʻlchamli elektr pikapni namoyon etadi. Ushbu kontsept avtomobil yuk boʻlimining uzunligini oshirish imkonini beruvchi oʻzgartiriladigan orqa bort hamda chuqur joylashtirilgan asboblar paneli bilan ajralib turadi.

Toyota ushbu modelni 2027-yilda bozorga chiqarishi kutilmoqda. Shu yilning oʻzida, kompaniyaning Corolla modelini ham pikapga aylantirish rejasi borligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. U Hilux’dan bir pogʻona past turadigan va Ford Maverick hamda Hyundai Santa Cruz’ga raqobatchi boʻladigan model sifatida tilga olingan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?