
Samsung Display kompaniyasi iPad Pro 2024’da ishlatilgan Tandem OLED texnologiyasini endi avtomobillar uchun mo‘ljallangan displeylarga ham joriy etmoqchi, deb Pepelac News xabar berdi. Janubiy Koreya manbalariga ko‘ra, kompaniya OLED texnologiyasini avtomobil sohasiga moslashtiribgina qolmay, ishlab chiqarish hajmini ham kengaytirmoqda.
Avvalroq Samsung Tandem OLED displeylarini Audi avtomobillariga cheklangan miqdorda yetkazib bergan edi. Endilikda esa, ayniqsa premium toifadagi avtomobillar bozorida talab ortib borar ekan, kompaniya ushbu segmentda yetakchi o‘rinni egallashni maqsad qilgan. E’tiborlisi shundaki, ushbu texnologiya yangi Apple iPad Pro modellarida ham qo‘llanilmoqda.
Tandem OLED odatdagi OLED’dan farqli ravishda ikki qatlamli RGB strukturasiga ega. Bu texnologiya displey yorqinligini oshiradi, energiyani tejaydi va ekran xizmat muddatini uzaytiradi. Aynan shu xususiyatlar avtomobil uchun ayniqsa muhim – chunki ular quyosh nurlarida yaxshi ko‘rinishi va mustahkamligi talab etiladi.
Samsung shuningdek, premium avtomobil ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallangan egiluvchan Tandem OLED displeylarini ham ishlab chiqmoqda. Bu esa avtomobil salonlarining dizayni va funksionalligini keskin o‘zgartirishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar