11:28 / 04.06.2015
21 550

GM Uzbekistan Lacetti-2 va Cobalt narxlarini pasaytirdi

GM Uzbekistan Lacetti-2 va Cobalt narxlarini pasaytirdi

GM Uzbekistan avtokompaniyasi 3 iyundan boshlab Lacetti-2 va Cobalt avtomobillari uchun xorijiy plastik kartochkalar orqali to‘lanadigan variantlari narxlarini pasaytirdi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytidagi malumotga asoslanib Kun.uz xabar qilmoqda.

"2015 yilning 3 iyunidan 31 dekabrigacha «GM Uzbekistan» AJ xalqaro plastik kartochkalar orqali to‘lov qilinadigan Lacetti-2 va Cobalt rusumli avtomobillarining yangi narxlarini belgiladi. Barcha kerakli ma’lumotlarni «GM Uzbekistan» AJ ning rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan dilerlik korxonalaridan, shuningdek, kompaniyaning ma’lumot markazidan olishingiz mumkin", deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, avtomobilining birinchi va ikkinchi pozisiyalari uchun XPK bo‘yicha narxlar 15 foiz tushirilgan.

Bundan oldin Cobalt LS (birinchi pozisiya) narxi 32,619 mln so‘m, Cobalt LT (ikkinchi pozisiya) narxi 35,027 mln so‘m, Lacetti SX (birinchi pozisiya) narxi 38,358 mln so‘m, Lacetti CDX/M/T (ikkinchi pozisiya) narxi 44,333 mln so‘m qilib belgilangandi.

Kompaniya vakilining kun.uz saytiga ma’lum qilishicha, xaridor birinchi to‘lovidan bir oy kechiktirmasdan joylardagi salonlardan o‘z mashinasini olib ketishi mumkin bo‘ladi.

Kompaniya ma’lumot markazi telefoni: 141 77 77

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan Lacetti-2 va Cobalt narxlarini pasaytirdi