date

Caterham Project V elektromobili sinov poligonida namoyish etildi

Caterham Project V elektromobili sinov poligonida namoyish etildi

Caterham kompaniyasi o‘zining yangi Project V elektromobili harakatlanayotgan videolavhani taqdim etdi. Kadrlarda prototipning sinov poligonida turli manyovrlarni bajarishi, jumladan, yuqori tezlikdan tormozlanish va quvvatlash jarayonlari aks etgan. Ushbu kupening ilk harakatlanuvchi prototipi yanvar oyida Tokiodagi avtosalonda namoyish etilgan edi. Bu haqda Autocar.co.uk xabar beradi.

Kompaniya 2024-yil oktabr oyida Yamaha tomonidan yetkazib beriladigan elektr dvigateldan foydalanishini e’lon qilganidan so‘ng, loyiha rivojlanishi haqida kam ma’lumot berayotgan edi. 2025-yil dekabrida Britaniya brendi elektromobilning dvigateli, batareya samaradorligi va shassi chidamliligini baholayotganini ma’lum qildi. Kompaniya bosh direktori Kazuho Takahashi ushbu bosqich avtomobilni har tomonlama sinovdan o‘tkazish dasturini yakunlash imkonini berishini ta’kidladi.

Project V ilk bor 2023-yilda Goodwood Festival of Speed tadbirida konsepsiya ko‘rinishida namoyish etilgandi. Yangi videoda prototip uch yil avvalgi konsepsiyaga juda o‘xshashligi ko‘rinadi. Asosiy o‘zgarishlar qatoriga orqa chiroqlarning to‘rtburchak shakldan Ferrari F355 uslubidagi to‘rtta yumaloq chiroqqa almashtirilishi hamda Momo rul chambaragi o‘rnatilishi kiradi.

Texnik ko‘rsatkichlarga ko‘ra, Project V 268 ot kuchiga ega bo‘lib, 1430 kg vazn bilan 0 dan 100 km/soat tezlikka 5 soniyadan kamroq vaqt ichida erishadi. Dastlabki rejalarda avtomobilning vazni 1190 kg bo‘lishi va tezlanish ko‘rsatkichi 4,5 soniyadan kamroq bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Caterham Project V elektromobili sinov poligonida namoyish etildi