Rossiyada 40 000 dona Jaecoo J7 avtomobili sotildi

Jaecoo brendi muhim koʻrsatkichga erishganini maʻlum qildi: Rossiya bozorida ikki yil ichida 40 000 dona Jaecoo J7 krossoveri sotilgan. Ushbu model brendning mazkur bozorda taqdim etilgan ilk avtomobili boʻlgan edi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Matbuot xizmati xabariga koʻra, Jaecoo J7 oʻzining qatʻiy dizayni, puxta oʻylangan ergonomikasi va ilgʻor texnologik jihozlari tufayli qisqa vaqt ichida ommalashishga ulgurdi. Avtomobil oldi va ARDIS (All Road Drive Intelligent System) intellektual toʻliq uzatmali tizimlari bilan taklif etilmoqda.
Krossover yetti xil haydash rejimiga ega boʻlib, uning kapoti ostida 1.6 TGDI turbomotorli dvigatel va 7 pogʻonali robotlashtirilgan transmissiya oʻrnatilgan. Ushbu texnik majmua turli yoʻl sharoitlarida yuqori dinamikani taʻminlaydi.
2025-yil oxiriga kelib brend J7 modelining yangilangan dizayndagi global versiyasini taqdim etdi. Model qatori yangi komplektatsiyalar bilan boyitildi. Xususan, 150 ot kuchiga ega oldi uzatmali "Active" va "Prestige" variantlari, shuningdek, 186 ot kuchiga ega toʻliq uzatmali "Comfort" va "Prestige" versiyalari sotuvga chiqarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!