Toshkent shahrida Mercedes-Benz rusumli avtobuslarning yonib ketishiga asosan elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lmoqda. Bu haqda «1news.uz» ga asoslanib «Daryo.uz» xabar berdi.
«Toshshahartransxizmat» bo‘lim boshlig‘i Muxtor Aliev so‘zlariga ko‘ra, Germaniyaning Evo Bus GmbX shirkatidan sotib olingan Mercedes-Benz Conecto O 345 rusumli avtobuslarning 12 yil ichida tasarruf etilishi oqibatida elektr simlari plastik qobig‘i nosoz holga kelgan.
Harakat payti yonib ketayotgan, nisbatan yangi sanalgan Mercedes-Benz Low Floor avtobuslari kamchiliklarini bartaraf etish yuzasidan esa Germaniya shirkatiga reklamasiya xatlari jo‘natilgan.
Toshkent transport shirkati vakiliga ko‘ra, yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilayotgani sababli transport tarkibini almashtirish – boshqa rusumli avtobuslar sotib olish rejalashtirilmagan.
Gazeta Toshkent shahridagi jamoat transportida, xususan, avtobuslarda yong‘inlar ko‘p kuzatilayotgani, bu esa avtobusdan foydalanidigan har bir yo‘lovchini tashvishga solayotganini eslatib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi