Toshkentdagi dahshatli YTHda Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi (Video)

Toshkentdagi dahshatli YTHda Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi (Video)

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan og‘ir yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lacetti rusumli avtomobil ikkiga bo‘linib ketdi. Voqea joyidan olingan tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa 30 iyun kuni soat 05:10 atrofida Amir Temur va Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Lacetti o‘zining o‘ng tomonidan harakatlanib kelgan Kia K5 rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Kuchli zarba oqibatida Lacetti ikki qismga ajralib ketgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Rasmiy ma’lumotda hodisa vaqtida avtomashinalarda bo‘lgan shaxslarning ahvoli haqida ma’lumot keltirilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar