Buyuk Britaniya aholisining yarmidan ko‘pi 51 foizi yaqin besh yil mobaynida elektrokarlardan foydalana boshlaydi. Total EV tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijasi shunday deyishga asos bo‘lmoqda, deb yozadi Kun.uz.
So‘rov 1 ming kishi orasida o‘tkazilgan bo‘lib, ular Total EV yangiliklar sayti ishga tushirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadqiqotda qatnashgan. Britaniyaliklarning 45 foizi tez orada elektromobillarga o‘tishini yoqilg‘ii narxi oshishi bilan izohlashdi. So‘ralganlarning 36 foizi ekologik muammolarni vaj qilib ko‘rsatishgan. Erkaklarning 60 foizdan ortig‘i yaqin besh yilda elektromobillarga o‘tishini aytishgan bo‘lsa, ayollarning 42 foizi shunday maqsadnii bildirishgan.
Elektromobillarni qayta quvvatlash infratuzilmalari sezilarli rivojlangani sababli, ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni elektromobillarga almashtirishni xohlovchilar soni 77 foizni tashkil etmoqda.
«Dunyo benzin va dizel yoqilg‘isidan voz kechib, elektr energiyasini tanlamoqda, — deydi Total EV asoschisi tadbirkor Deniel Grin. — So‘rov Britaniya uyg‘ongani va elektromobillarni joriy etishga shayligini ko‘rsatdi. Mamlakatda 110 mingdan ortiq quvvatlash qurilmalari barpo etilgan. Ammo texnologiyalar yaxshilashgani sari ularning soni ham ko‘paya boradi».
Total EV muharriri Jeyms Baggotning so‘zlariga ko‘ra, «bu avtomobiilsozlik sohasida Henri Ford davridan keyingi eng yirik voqelikdir». “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari