5 348
Rossiyada GM Uzbekistan, «O'zavtosanoat» va Avtosanoat Invest’dan taxminan 10 mln dollar undirishmoqchi
Bankrot bo'lgan dilerlik «O'zDEU Avto-Ufa» MChJning arbitraj boshqaruvchisi kompaniya sobiq rahbariyatini subsidiar javobgarlikka tortishni talab qildi.
Uning fikricha, uchta kompaniya va besh menejyer 778,2 million rubl (10 million dollardan ortiq) pul to'lashi kerak, deya yozadi «Kun.uz».
Rahbariyat xatti-harakatlarini atayin bankrot qilish sifatida hisoblash mumkin, deyiladi bankrotlik to'g'risidagi ma`lumotlar reyestrida e`lon qilingan bayonotda.
Ta`kidlanishicha, bosh kompaniyalar «O'zDEU Avto-Ufa»ga o'zlaridan kam likvidli avtomobillar xarid qilish uchun kreditlar olish majburiyatini yuklagan.
Shuningdek, kompaniya faoliyatga ta`sir o'tkazishi mumkin bo'lgan shaxslar bilan jamiyatning bankrotlik jarayoni ustidan nazoratni qo'lga kiritish maqsadida kelishuvlarga erishgan.
Bundan tashqari, rahbariyat 108 million rubllik (qariyb 1,5 million dollar) qarzlarni qaytarish uchun harakat qilmagan.
Boshqaruvchining fikriga ko'ra, O'zbekistonning «Avtosanoat invest» MChJ, «Jyeneral Motors O'zbekiston» AJ va «O'zavtosanoat» AKdan deyarli 778,2 mln rubl (11,4 mln dollar) undirish lozim.
«O'zDEU Avto-Ufa»ning bankrotligi 2017 yilning avgustida boshlangan. Boshqirdiston arbitraji o'sha yilning noyabr oyida kompaniyani bankrot deb topdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi