Ichki ishlar organlari tomonidan quyidagi holatlarda transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin:
- tormoz tizimida, rul boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi bo‘lgan yoxud ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transportlar boshqarilganda;
- foydalanish man etilgan transport vositalari, shuningdek davlat raqami o‘zboshimchalik bilan yechib olingan transportlar boshqarilganda;
- davlat raqami yasama yoki o‘zgartirilgan transport vositalari, shuningdek davlat raqami shu transport vositasiga tegishli bo‘lmagan transport boshqarilganda;
- ruxsatnomasiz og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit o‘lchamlari belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transportlarda yo‘lga chiqilganda, xuddi shuningdek ruxsatnomada ko‘rsatilgan harakat yo‘nalishidan chetga chiqilganda;
- ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan oynali transport vositalaridan, haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transportlardan foydalanilganda;
- ruxsat olmasdan transportlarga tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalar o‘rnatilganda, shuningdek davlat raqamini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan ashyolar o‘rnatilganda va qoplama surtilganda;
- to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalari buzilganda (agar transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa);
- transport alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarilganda;
- alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini boshqarish topshirilganda;
- transportni boshqarish, unga egalik qilish, undan foydalanish, tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi, ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi hujjatlari, sug‘urta polisi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yo‘l varaqasi yonida bo‘lmagan haydovchilar transportni boshqarganida, shuningdek ishonchnomalarni, transportni boshqa shaxsga o‘tkazish va ijaraga berish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan transport boshqarilganida;
- transportni boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning transportni boshqarganida, shuningdek boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga transport vositalarini boshqarish topshirilganda;
- transportni boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslar transportni boshqarganida;
- majburiy sug‘urta bo‘yicha majburiyat bajarilmaganida;
- sug‘urta polislarida belgilanmagan davrda hamda sug‘urta polislaridagi shartlarni buzgan holda transport boshqarilganda;
- haydovchilar alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik yoki mast emaslikni aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlaganda hamda mazkur huquqbuzarlik transportni boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilganda;
- yo‘l-transport hodisasi qatnashchilari hodisa yuz bergan joydan ketib qolganida;
- yo‘lovchilar litsenziyasiz tashilganda;
- haydovchilar ichki ishlar organlari xodimining transportni to‘xtatish haqidagi qonuniy talabini bajarmaganda;
- ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollari tayyorlangan, olib kirilgan, saqlangan, tashilgan, yuborilgan, olingan yoki sotilganda;
- qonun hujjatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi