22:00 / 09.10.2020
4 063

Shaxsiy avtomobillar orqa yon oynasini «tonirovka» qilish ruxsatnomasi arzonlashtirildi

Shaxsiy avtomobillar orqa yon oynasini «tonirovka» qilish ruxsatnomasi arzonlashtirildi
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 oktabrdagi №635-sonli qarori bilan, tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha ayrim o‘zgarishlar kiritildi, deb xabar tarqatdi UzA.

M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari orqa yon oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun to‘lov stavkalari jismoniy shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (1 mln 115 ming so‘m) etib belgilandi. Bunga qadar bu miqdor BHMning 10 baravari (2 mln 230 ming so‘m) edi.

Yuridik shaxslarga orqa yon oynani qoraytirish uchun to‘lov miqdori o‘zgarmagan – BHMning 10 baravari (2 mln 230 ming so‘m).

Shuningdek, barcha yon oynalar tusini o‘zgartirish to‘lovi ham avvalgidek saqlanib qoldi: bu turdagi ruxsatnoma jismoniy va yuridik shaxslar uchun BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so‘m)ga tushadi.

Ruxsatnomaning amal qilish muddati – 1 yil.

Eslatib o‘tamiz, orqa yon oynalarga ruxsatnoma olmasdan parda o‘rnatish mumkin. Avgust oyida Ichki ishlar vazirligi shu masalada Oliy sudda yutqazgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Shaxsiy avtomobillar orqa yon oynasini «tonirovka» qilish ruxsatnomasi arzonlashtirildi