07:30 / 03.12.2020
3 082

Sergeli avtomobil bozorini xususiylashtirish rejalashtirilmoqda

Sergeli avtomobil bozorini xususiylashtirish rejalashtirilmoqda
Foto: «Podrobno.uz»
O‘zbekistondagi eng yirik avtomobil bozori hisoblanadigan Toshkent shahridagi Sergeli avtomobil bozorini xususiylashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar berdi.

Moliyaviy hisobotdan ma’lum bo‘lishicha, bozorni boshqaradigan «Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori» MChJ foyda ko‘radigan kompaniya hisoblanadi.

Kompaniyaning daromadi 2018 va 2019 yillarda mos ravishda 21,2 va 28,2 milliard so‘mni tashkil qilgan. Daromadning katta qismi soliq to‘lovi uchun ketgan — mos ravishda 12,7 va 15,5 milliard so‘m.

Mazkur ikki yilda sof foyda miqdori keskin farq qiladi. 2018 yilda 320,6 million so‘m foyda olingan bo‘lsa, 2019 yilda uning miqdori 3,3 milliard so‘mga yetgan. Aktivlar rentabelligi esa 0,34 foizdan 0,54 foizga o‘sgan.

Kompaniyaning qarzi 1,5 milliard so‘mni tashkil etadi, boshqa kompaniyalar esa avtomobil bozoridan 3,7 milliard so‘m qarzdor. 2020 yilda bozorning qarzlari miqdori keskin oshgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Sergeli avtomobil bozorini xususiylashtirish rejalashtirilmoqda