07:30 / 16.12.2020
2 156

Dunyodagi eng ommabop avtomobil ranglari ma’lum bo‘ldi

Dunyodagi eng ommabop avtomobil ranglari ma’lum bo‘ldi
Foto: Ferrari
Avtomobil bo‘yoqlarini yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi Amerikaning Axalta Coating Systems kompaniyasi har yili o‘tkazadigan tadqiqotlari natijasi bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, ketma-ket 10 yildan buyon yangi mashinalar orasidagi eng mashhur rang — oqligicha qolmoqda, deb xabar beradi Motor.

Kompaniya hisobotida yozilishicha, dunyodagi barcha yangi avtomobillarning 38 foizi oq rangga bo‘yalgan. E’tiborli jihati, bu kabi mashinalarning ulushi o‘n yildan buyon deyarli o‘zgarishsiz qolmoqda.

Reytingning ikkinchi pog‘onasida 19 foiz ko‘rsatkich bilan qora rang o‘rin oldi. Top-3’likning so‘nggi o‘rni kul rangga nasib etdi — 15 foiz. Shuningdek, tahlilchilar ranglarning avtomobil segmentiga bog‘liqligini, bundan tashqari, uning geografik joylashuvini ham kuzatgan.

Masalan, Yevropada xarid qilinadigan avtomobillarning 62 foizi qora yoki kul rangda — bu yerda oq rangning ulushi sezilarli darajada kam. Xitoyda esa oq rangga talab yuqori: u yerdagi avtomobillarning 57 foizi shu rangga bo‘yalgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)