22:36 / 08.06.2021
6 866

"Andijon" rahbari va’da qilgan "Ford Mustang" Andijonga yetib keldi. Ushbu avtomobil kimga beriladi?


“Andijon” klubi rahbari mavsum avvalida o‘tkazilgan taqdimot marosimida jamoa uchinchi o‘rinni egallasa, har bir futbolchiga “Ford Mustang” mashinasini va’da qilgandi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu avtomobil Andijonga yetib kelgan va u mavsum oxirida jamoaning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladi.

“Jamoamiz futbolchilarining yuqori natijalari uchun va’da qilingan "Ford Mustang" avtomashinasi Andijonga yetib keldi. Ammo bu mavsum yoshlardan tashkil topgan jamoamizning natijalari rejadagidek bo‘lmaganligi sababli avtoulov futbolchilarga nasib etmaydigan bo‘ldi.

Endilikda jamoamiz natijalari yaxshilanishi uchun katta hissa qo‘shadigan, yetakchilikni qo‘lga oladigan hamda eng yaxshi futbolchi deb e’tirof etiladigan birgina futbolchi ushbu super avtomashina sohibiga aylanishi mumkin.

Jamoamizning bu mavsum Superligada qolishi uchun ham rahbariyat tomonidan katta mukofot va’da qilingan”, - deyiladi klub xabarida.
Eslatib o‘tamiz, “Andijon” 9 turdan so‘ng 4 ochko to‘plagan holda Superliga musobaqa jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi. “Burgatlar” 1 ta o‘yin kam o‘tkazishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » "Andijon" rahbari va’da qilgan "Ford Mustang" Andijonga yetib keldi. Ushbu avtomobil kimga beriladi?