Toshkent shahri va viloyatlaridagi «O‘zbekneftgaz»ga tegishli AYOQSHlarda Ai-80 markali benzin 26 noyabr 21:30 dan boshlab 6890 so‘mdan sotiladi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, «O‘zbekneftgaz» AJga tegishli AYOQSHlarda so‘nggi kunlarda benzin taqchilligi kuzatilgani sababli ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy muhokamalar bo‘ldi.
Benzin taqchilligining oldini olish uchun «O‘zbekneftgaz» AJ va «Tovar xom ashyo birjasi» AJ hamkorligida chora-tadbir ishlab chiqildi.
Natijada «O‘zbekneftgaz» AJga qarashli AYOQSHlarda bugun, 26 noyabr kunidan boshlab soat 21:30 dan buyon Ai-80 markadagi benzin 6890 so‘mdan sotuvga chiqariladigan bo‘ldi.
Respublika hududidagi «O‘zbekneftgaz» AJning barcha AYOQSHlarida benzin bo‘lishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 17 noyabrdan buyon birja savdolarida Ai-80 benzinining narxida tushish kuzatilmoqda. Shu kuni savdolarda benzin narxi 9 million 365 ming so‘mgacha tushib, 15 noyabrga nisbatan 8 foizga arzonlashgan. 18 noyabr kuni esa 9 million 180 ming 500 so‘mga pasayib, 9 foizga arzonlashgan. 22 noyabr holatiga ko‘ra benzin narxi hamon tushishda davom etmoqda. Birja matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 15–21 noyabr kunlari benzinning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 10 129 400 so‘mdan 9 168 400 so‘mgacha, ya’ni 9,5 foizga pasaygan. 23 noyabr kuni O‘zbekiston birja savdolarida Ai-80 markali benzin narxi bir haftada 15 foizga arzonlashgani ma’lum bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi