00:19 / 15.05.2022
1 303

Boris Jonson va Kamala Harris BAAga boradi

Boris Jonson va Kamala Harris BAAga boradi
Foto: Getty Images
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti etib saylangani munosabati bilan 15 may kuni ushbu mamlakatga tashrif buyuradi. Bu haqda Britaniya hukumati devonxonasi ma’lum qildi.

Jonson tashrif doirasida 13 may kuni vafot etgan marhum prezident Xalifa bin Zoid Ol Nahayon xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan marosimda ishtirok etadi.

Qayd etilishicha, Jonsonning tashrifi Buyuk Britaniya va BAA o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan.

Shuningdek, TASSning xabar berishicha, AQSH vitse-prezidenti Kamala Harris 16 may kuni Abu-Dabiga tashrif buyuradi va BAAning yangi prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Xabarga ko‘ra, AQSH vitse-prezidenti Amerika delegatsiyasiga boshchilik qiladi va Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning vafoti munosabati bilan "Bayden va Harris ma’muriyati hamda amerika xalqi nomidan" ta’ziya bildiradi.

Harris Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuvida "mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarining mustahkamligini ta’kidlaydi".

15 may kuni Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti etib saylandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Boris Jonson va Kamala Harris BAAga boradi