
Ukraina harbiylari qo‘mondonlari o‘z askarlarini nazorat qilishmaydi, xavf tug‘ilgan paytda ularni shunchaki tashlab ketish holatlari ham uchrab turadi. Bu haqda ukrainalik harbiy asir Ruslan Serdyuk ma’lum qildi. Ukrainalik asirlar so‘roq qilingan videoni Rossiya Mudofaa vazirligi ko‘rsatdi.
“Qo‘mondonlar hammani tashlab ketib qolishdi, bizni esa to‘p yemi kabi qoldirishdi. Otishma, kim qayoqqa, kimdir okopdan chiqadi, hech nima yo‘q, balki, soat 3 yoki 4 larda kimdir “chekinamiz” deb qichqirdi, tamom, - dedi Serdyuk.
U uning otryadida necha kishi bo‘lganini aniq bilmasligini ta’kidladi, lekin, qo‘mondonning so‘zlariga ko‘ra, gap 45 nafar harbiy xizmatchi haqida borgan. 14 kishi chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Shu tarkibda o‘rmon yoqalab ketishgan va rossiyalik harbiylarni uchratib qolishgan.
“Qurollarimizni topshirdik, hammasini to‘liq, ovqatlanmaganimizga uch kuncha bo‘lib qolgandi, hech narsa yo‘q edi. Bizga rossiyalik askarlar suv va yegulik berishdi. Hamma yer issiq, kuniga uch marta ovqat berishadi, suv, tamaki berishadi. Hamma narsa bor, hech kim urmaydi, xafa qilmaydi”, - deya hikoya qiladi Serdyuk.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar