21:45 / 18.05.2022
1 036

Lukashenko terrorizm uchun o‘lim jazosi haqidagi qonunni imzoladi

Lukashenko terrorizm uchun o‘lim jazosi haqidagi qonunni imzoladi
Foto: AP/«TASS»
Aleksandr Lukashenko terakt amalga oshirishga urinish uchun o‘lim jazosiga hukm qilish imkonini beruvchi qonunni imzoladi, deb yozadi Meduza. Hujjat milliy huquqiy internet-portalga joylangan. Tuzatishlar rasman e’lon qilinganidan keyin o‘n kun o‘tib kuchga kiradi.

«Ushbu kodeksning 124-moddasi 2-qismi, 126-moddasi 3-qismi va 359-moddasi 2-qismida ko‘zda tutilgan* yoki og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyatlar, ba’zi boshqa o‘ta og‘ir jinoyatlarda favqulodda jazo turi sifatida o‘lim jazosini qo‘llash mumkin», — deyiladi hujjatda.

*Belarus Jinoyat kodeksining ushbu moddalari haqida batafsilroq: 124-moddaning 2-qismi — «Chet davlat yoki xalqaro tashkilot vakilini o‘ldirish», 359-modda 2-qismi — «Davlat yoki jamoat arbobini o‘ldirish», 126-modda 3-qismi — uyushgan guruh tomonidan yoki atom energiyasi ob’ektlari, radioaktiv moddalar, zaharli materiallar qo‘llagan holda amalga oshirilgan, yoki qotillik bilan bog‘liq bo‘lgan «terrorchilik akti».

289-modda (terrorchilik akti) bo‘yicha Belarusda muxolifatning ba’zi vakillari, shu jumladan, prezident saylovlarida Lukashenkoga raqiblik qilgan Svetlana Tixanovskayaga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Bungacha Belarusda jinoyatlarni tashkillashtirganlik uchun o‘lim jazosiga mahkum etish mumkin emasdi. Aprel oxirida tegishli tuzatishlar Belarus parlamenti quyi palatasi, may boshida esa Respublika kengashi tomonidan ma’qullandi.

Belarus — Yevropada o‘lim jazosini qo‘llovchi yagona mamlakat.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko terrorizm uchun o‘lim jazosi haqidagi qonunni imzoladi