iPhone 18 Pro Max ichki tuzilishi: mis yostiqcha va ulkan kamera

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- JerryRigEverything iPhone 18 Pro Max'ning ichki tuzilishini ko'rsatib, qurilmaning raqobatchilariga nisbatan kamroq qizishini isbotladi.
- Smartfonning displeyi ostida batareya uchun ulkan bugʻlanish kamerasi vazifasini bajaruvchi maxsus plastina joylashgan.
- A20 Pro chipi ustida esa chip va bugʻlanish kamerasi oʻrtasida zich kontaktni taʼminlovchi kichik mis yostiqcha mavjud.
Mashhur texnologik bloger JerryRigEverything navbatdagi FLAGMAN — iPhone 18 Pro Max smartfonini toʻliq qismlarga ajratib, uning ichki arxitekturasi va muhandislik yechimlarini keng ommaga namoyish etdi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, odatda qurilmani qayta yigʻmaydigan bloger bu safar ham eng nozik detallargacha chuqur oʻrganib chiqdi va qurilmaning nima uchun asosiy raqobatchilariga nisbatan kamroq qizishini amalda isbotladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Qurilmaning displeyi demontaj qilingach, darhol koʻzga tashlanadigan eng muhim oʻzgarishlardan biri bu — batareya yopishtirilgan ulkan maxsus plastina boʻldi. Odatda smartfonlarda akkumulyator bevosita korpusning orqa qismiga mahkamlanishiga odatlanilgan, biroq Apple bu safar boshqacha yechimni qoʻllagan. Maʼlum boʻlishicha, ushbu yirik plastinaning oʻzi ulkan bugʻlanish kamerasi vazifasini bajaradi.
A20 Pro protsessori va oʻziga xos sovitish tizimi
Smartfon ichki qismlarini yanada chuqurroq oʻrganish jarayonida A20 Pro chipi ustida qoʻshimcha kichik mis yoki mis-poʻlatdan yasalgan yostiqcha mavjudligi aniqlandi. Odatiy yassi plastinalardan farqli oʻlaroq, bu juda kichik va xuddi havo bilan toʻldirilgandek shishgan qism boʻlib koʻrinadi. Mutaxassislarning fikricha, mazkur detallar chip va bugʻlanish kamerasi oʻrtasida eng zich va mukammal kontaktni taʼminlash uchun xizmat qiladi.Shuningdek, batareyani demontaj qilishda Apple uchinchi yildirki qoʻllab kelayotgan texnologiya — elektr toki taʼsirida oʻz yopishqoqlik xususiyatini yoʻqotadigan maxsus yelim yana ishlatilgani koʻrsatildi. Asosiy plata atrofidagi ichki qismlarning joylashuvi esa doimgidek oʻta zich hamda murakkab boʻlib, bu yilgi plataning hajmi yanada kichiklashgani eʼtiborni tortadi.






























Izohlar 0
…