21:26 / 22.05.2022
1 237

Meksika prezidenti: «Ishlarimni tugatyapman, endi ketsam ham bo‘ladi»

Meksika prezidenti: «Ishlarimni tugatyapman, endi ketsam ham bo‘ladi»
Foto: Gazeta.ru
Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador 2024 yilgi saylovda o‘z lavozimini saqlab qolish uchun kurashmasligini e’lon qildi.
Obrador o‘z hukumati tomonidan boshlangan asosiy loyihalar 2024 yilgacha to‘liq uddalanishiga ishonmoqda. Shundan so‘ng u prezidentlikdan xotirjam ketmoqchi.

«Ixtiyorimizda yana 2 yil va 5 oy bor. Biz boshlagan ishlarni balki boshqa hukumat yakunlab qo‘yar, buni vaqt ko‘rsatadi. Men esa loyihalarimizni o‘zimiz uddalashimizga ishonyapman. O‘zingni almashtirib bo‘lmas deb hisoblash — xato fikr. Mol-davlatga qattiq bog‘lanib qolish kerakmas», — dedi Meksika prezidenti.

Obradorning prezidentlik davrida yirik loyihalar amalga oshirilishi boshlandi: 2022 yilda Mexikoda yirik aeroport foydalanishga topshirildi, mamlakat janubida bir nechta shtatlarni bog‘lovchi 1,5 ming kilometr uzunlikdagi temir yo‘l qurildi. Qolaversa, amaldagi prezident mamlakat poytaxti 2023 yilga borib o‘zini to‘liq motor yonilg‘isi bilan ta’minlashiga erishmoqchi. Buning uchun mamlakatdagi qator neftni qayta ishlovchi zavodlar tiklandi, AQSHning Texas shtatidagi neftni qayta ishlash zavodi Meksika tomonidan sotib olindi.

Andres Manuel Lopes Obrador hozir 68 yoshda. 2018 yilning 1 dekabridan Meksika prezidenti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksika prezidenti: «Ishlarimni tugatyapman, endi ketsam ham bo‘ladi»