Foto: RIA Novosti
Arkadiy Voloj Rossiyaning «Yandeks» kompaniyasi bosh direktorligidan ketdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida e’lon qilindi.
Voloj «Yandeks» direktorlar kengashi, kompaniyadagi barcha lavozimlari, shuningdek, kompaniya qoshidagi boshqa korxonalarda egallagan lavozimlaridan ketgan. Oldinroq Arkadiy Voloj Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchragandi.
«Sanksiyalar amalda ekan o‘z oilaviy fondimga qandaydir ko‘rsatma bermoqchi emasman. Trast bu davr mobaynida direktorlar kengashi tavsiyasi bilan ovoz beradi. Bu qarorim kompaniya va aksionerlar uchun foydali bo‘ladi. Qo‘limdan keladigan hamma jabhada jamoaga yordam berishda davom etaman», deyiladi Volojning bayonotida.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi oltinchi paket sanksiyalarni e’lon qildi. Undan Rossiya va Belarusning 65 nafar fuqarosi, shuningdek, 18 ta kompaniya o‘rin olgan. Sanksiyaga tushganlar orasida Voloj ham bor. «Yandeks» asoschisi bo‘lmish Volojning YEI sanksiyasiga uchragani fonida kompaniya aksiyalari 10 foizga arzonlab ketdi. Shu sabab tadbirkor kompaniya rahbarligidan ketgan.
Volojning iste’fosi e’lon qilingan press-relizda yozilishicha, u oilaviy trasti orqali «Yandeks»ning 45,3 foiz ovoz beruvchi va 8,6 foiz iqtisodiy aksiyalariga egalik qiladi. Shu sabab Volojga qarshi sanksiya to‘g‘ridan to‘g‘ri «Yandeks» va uning tarkibidagi korxonalarga ta’sir qilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi